SAID AHMAD VA SAIDA ZUNNUNOVALARNI XOTIRALAB

Описание:

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining AKT sohasida kasb ta'limi fakulteti professor-oʻqituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida buyuk yozuvchi Said Ahmad va shoira Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodini oʻrganish, adibning mashaqqatli lekin sharafli hayot yoʻlini, o‘zbek milliy adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi, ona tilimizning ravnaqi yo‘lida qilgan fidokorona xizmatlarini yoshlarga tanishtirish va ibrat sifatida targʻib qilish maqsadida navbatdagi madaniy-maʼnaviy tadbir tashkil etildi.
O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi beqiyosdir. Buyuk ijodkor tomonidan yaratilgan o‘lmas asarlar, badiiy tasvirlar nafaqat milliy adabiyotimizning, balki milliy tilimizning ham ravnaqiga katta hissa qo‘shgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

 

Rejissor:   TTI kafedrasi assistenti Joldasov Sh.B
Operator: TTF 510-17 guruh talabasi
Toshpo’latov R. 
Montajor: TTF 510-17 guruh talabasi
Husanov Sh.T